Samarqandda 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi
Ularning biriga Fransiyaning «Total Eren SA» kompaniyasi investor sifatida belgilangan. Nurobod tumanida quriladigan ushbu quyosh fotoelektr stansiyasining quvvati 100 MVt bo‘ladi. Umumiy qiymati 100 million dollar bo‘lgan loyiha joriy yil oktyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida 20 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Nurobod posyolkasidagi quyosh fotoelektrostansiyasining tashqi ob’yektlari - 220 kVt kirish-chiqish havo elektr tarmog‘i, kirish yo‘li, to‘siq va boshqalar 2022 yilga qadar 18 million dollar mablag‘ asosida quriladi.
Bundan tashqari, davlat xususiy sheriklik asosida quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini quriladi. 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan 180 million dollarlik ushbu loyiha Kattaqo‘rg‘on tumanida amalga oshiriladi.
Investitsiya dasturida «Samarqand GESlar kaskadi» unitar korxonasi (GES-2B)ni 2022 yilgacha 21,7 million dollar mablag‘ asosida modernizatsiya qilish ham rejalashtirilgan.