Samarqandda 21 nafar kishi koronavirusga chalindi

🔺2021 yil 15 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86 022 (+292) nafarni tashkil etmoqda.

🔴 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 2 nafari Andijon viloyatida,
📌 7 nafari Buxoro viloyatida,
📌 2 nafari Jizzax viloyatida,
📌 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 3 nafari Namangan viloyatida,
📌 21 nafari Samarqand viloyatida,
📌 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 2 nafari Xorazm viloyatida,
📌 37 nafari Toshkent viloyatida,
📌 206 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️Kecha respublikamizda 187 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar 83 649 nafarga yetdi.

⚫️Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 635 nafarni tashkil qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.