Samarqandda 23 yoshli yigit 30 ga yaqin shaxsni yig‘ib, qimorxona tashkil etgani aniqlandi
2020 yil 18 dekabrdan 19 dekabrga o‘tar kechasi Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan Samarqand shahar Yusuf Xamadoniy ko‘chasida joylashgan Sarat “RELAX BAR” chilimxonasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Samarqand shahar Labig‘or mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan M.Sh. tomonidan o‘ttizga yaqin shaxslarni yig‘ib, tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini tashkillashtirganligi hamda har o‘yin uchun 5.000 so‘mdan olganligi aniqlandi.
Ushbu o‘yinda daliliy ashyo sifatida jami 9 quti ochilgan karta kalodalari hamda o‘yin uchun berilgan 906.000 so‘m pul, 26 ta har xil turdagi uyali telefon apparatlari va 1.514.000 so‘m va 100 AQSh dollari miqdoridagi daliliy ashyolar xolislar ishtirokida olindi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan M.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 278-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.