Pirotexnika savdosi bilan shug‘ullanmang, jazosi og‘ir
Samarqand viloyati bojxona hamda davlat xavfsizligi xizmati boshqarmalari tezkor tuzilmalari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish maqsadida Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs shartli xaridorga pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olindi.
Xolislar ishtirokida pirotexnika vositalari ko‘zdan kechirilganida, bular 8 turdagi 27 046 dona paqildoq va salyutlardan iborat ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holatda olib qo‘yilgan pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 29 million so‘mni tashkil qilmoqda.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.