Samarqandda 3 million so‘mlikdan ortiq pirotexnika vositalarini sotish bilan shug‘ullanayotganlar qo‘lga olindi

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Milliy gvardiya viloyat boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.M. va Sh.Z.lar noqonuniy ravishda pirotexnika vositalarini sotish bilan shug‘ullanayotganliklari aniqlandi. Ulardan 3 200 000 so‘mlik “YINWANGWANG” pirotexnika vositalari olib qo‘yildi.
Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyati boshqarmasi.