Samarqandda 36 kishi koronavirusga chalindi
🔺 2021 yil 20 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97 856 (+313) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 7 nafari Andijon viloyatida,
📌 5 nafari Buxoro viloyatida,
📌 3 nafari Jizzax viloyatida,
📌 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 3 nafari Navoiy viloyatida,
📌 6 nafari Namangan viloyatida,
📌 36 nafari Samarqand viloyatida,
📌 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 1 nafari Xorazm viloyatida,
📌 47 nafari Toshkent viloyatida,
📌 176 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha respublika bo‘yicha 268 nafar, shundan Samarqand viloyatidan 34 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 93 339 nafarga yetdi.
❗️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 839 nafar bemor davolanmoqda.