Samarqandda 7 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi
🔺2020 yil 4 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 42 903 (+106) nafarni tashkil etmoqda.
🔴Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Namangan viloyatida, 7 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
🔴Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 62 yoshli R.T. (ayol) hamda Olmaliq shahrida yashagan 59 yoshli M.S. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
❗️Ayni paytda yurtimizda 40 176 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
‼️Hozirda mamlakatimizda 2 391 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 351 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.