Samarqandda arxeologiya, restavratsiya, muzeyshunoslik, kutubxonachilik texnologiyalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida arxeologiya, restavratsiya, muzeyshunoslik, kutubxonachilik texnologiyalari va madaniy turizm sohalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Ushbu nufuzli tadbir “Heritage Turquoise” tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan.
Anjumanda arxeologiya, restavratsiya, muzeyshunoslik, kutubxonachilik texnologiyalari, turizm va madaniy meros sohalarida faoliyat yuritayotgan xalqaro va mahalliy olimlar, tajribali mutaxassislar hamda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Konferensiya doirasida mazkur yo‘nalishlarga oid ilmiy va innovatsion izlanishlar, amaliy tajribalar taqdimoti bilan bir qatorda, tematik ko‘rgazmalar ham tashkil etilgan. Tadbir xalqaro miqyosda bilim va tajriba almashinuvi uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Konferensiya davomida xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan soha rivojiga doir dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglanmoqda.