Samarqandda bangladeshlik tadbirkorlar to‘qimachilik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida faoliyat yuritadi
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Monirul Islom o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. To‘qimachilik sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida hududlararo hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar natijasida tomonlar ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikning yangi tashabbuslari va yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.