Samarqandda bir kechada huquqbuzarliklarni sodir qilgan 6 nafar fuqaro qamoqqa olindi

Viloyat bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Jinoyatchilikka qarshi kurash” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida, 15 sentyabr kuni Samarqand shahrida hamda tumanida yashovchi bir guruh fuqarolarning yashash xonadonlarida tintuv tergov harakati o‘tkazildi.

Olib borilgan tintuv tergov harakati davomida bir guruh fuqarolarda bita, metal buyumdan yasalgan kastet, pnevmatik qurol, pichoqlar, hujjatsiz ov qurollari, taqiqlangan mazmundagi diniy materiallar, giyohvandlik moddalari mavjudligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi.

Shuningdek, MJtKning tegishli moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan 6 nafar fuqarolarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, profilaktik tadbirlar davom etmoqda.