Samarqandda bir kunda 13 nafar kishi koronavirusga chalindi

🔺2021 yil 25 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81960 (+144) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌1 nafari Buxoro viloyatida,
📌3 nafari Jizzax viloyatida,
📌4 nafari Namangan viloyatida,
📌13 nafari Samarqand viloyatida,
📌1 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌1 nafari Xorazm viloyatida,
📌6 nafari Toshkent viloyatida,
📌115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️Kecha kun davomida:
📌Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar,
📌Toshkent viloyatida 21 nafar,
📌Toshkent shahrida 83 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80248 (+105) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

❗️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1088 nafar bemordan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.