Samarqandda bir kunda koronavirusga chalinganlar 100 nafardan oshdi
🔺 2021 yil 5 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 134 826 (+974) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 103 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 41 nafari Andijon viloyatida,
📌 19 nafari Buxoro viloyatida,
📌 110 nafari Jizzax viloyatida,
📌 35 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 21 nafari Navoiy viloyatida,
📌 40 nafari Namangan viloyatida,
📌102 nafari Samarqand viloyatida,
📌 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 105 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 96 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 40 nafari Xorazm viloyatida,
📌 110 nafari Toshkent viloyatida,
📌 125 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️Kecha respublikasimizda 882 nafar, shundan Samarqand viloyatida 70 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 128 191 nafarga yetdi. Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.