Samarqandda birinchi chorakda qancha sarmoya jalb etildi?

Viloyatga 2021 yilning birinchi choragida umumiy qiymati 832,1 milliard so‘mlik investitsiya kiritilishi hisobiga 248 ta loyiha amalga oshirildi va 1808 ta ish o‘rni yaratildi.

Jumladan, sanoatda 282,5 milliard so‘mlik 55 ta, xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasida 385,9 milliard so‘mlik 114 ta, qishloq xo‘jaligida 163,6 milliard so‘mlik 79 ta loyiha bajarildi.

Misol uchun, Samarqand shahrida "Family Park" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 57,5 milliard so‘mlik zamonaviy savdo kompleksi, muz saroyi va ko‘ngilochar maskan tashkil qilish orqali 76 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Kattaqo‘rg‘on tumanida esa "SAMARQAND QULUPNAY INPEX" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 7,2 milliard so‘m bo‘lgan qulupnaychilik xo‘jaligi tashkil etildi va bu yerda 35 kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

Viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi axborot xizmati.