Bugun Samarqandda Oliy Majlis Senati raisi kubogi uchun "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori ostida “Parlament o‘yinlari” sport musobaqalarining viloyat bosqichi ilk kuni yakuniga yetdi.
“Parlament o‘yinlari”da xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatlari mini-futbol, voleybol, stol tennisi va badminton sport turlari bo‘yicha bahslashmoqda.
Bugungi musobaqalarda stol tennisi bo‘yicha ayollar o‘rtasida:
1-o‘rin Payariq tumani deputati Sohiba Norboyeva
2-o‘rin Narpay tumani deputati Nasiba Rahmonova
3-o‘rin Viloyat Kengashi deputati Gulnora Alimovalar g‘olib deb topildi.
Erkaklar o‘rtasida esa :
1-o‘rin Paxtachi tumani deputati Jasur Qurbonov (o‘tgan yilgi Respublika chempioni)
2-o‘rin Viloyat Kengashi deputati Yodgor Jo‘rayev
3-o‘rin Payariq tumani deputati Shohrux Mirzaqulovlar g‘oliblik shohsupasini egalladi.
Minifutbol bo‘yicha esa:
Bulung‘ur tumani Kengashi jamoasi birinchi, Paxtachi tumani Kengashi jamoasi ikkinchi va Qo‘shrabot tumani Kengashi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
28 may kun Parlament o‘yinlari” sport musobaqalarining viloyat bosqichi voleybol va badminton sport o‘yinlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Musobaqalar Samarqand shahar O‘yin turlari bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktabida bo‘lib o‘tadi.