Samarqandda bugun 8 kishida koronavirus aniqlandi
2020 yil 30 avgust soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41303 (+143) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 87 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Buxoro viloyatida, yana 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 4 nafari Surxondaryo viloyatida, 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda yana 2 nafari Namangan viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 84 yoshli I.A. (ayol) hamda Yangiyo‘l tumanida yashagan 47 yoshli B.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 38359 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2633 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 276 nafari og‘ir, 138 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.