Samarqandda dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar B.U. va E.R. oldindan til biriktirib, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlagani aniqlandi.
Ya’ni, ular fuqaro M.ga 1 008 dona “Regapen” nomli dori vositasini 23 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan va jami 1 120 dona “Regapen” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.