Samarqandda yer silkinishi qayd etildi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, 18 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 20:46 (18.08.2019 da 15:46 Grinvich bo‘yicha) O‘zbekistonning ayrim shaharlarida zilzila sodir bo‘ldi.
Koordinatalar 38,95 gradus shimoliy kenglik, 67,10 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,2. Chuqurlik h=30km. Toshkentgacha masofa 314 km janubi-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Jizzax: 144 km; 2 ball
Samarqand: 79 km; 2 ball
Qarshi: 114 km; 2 ball
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.
Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.