Samarqandda yer sotish bilan bog‘liq korrupsion holat aniqlandi
DXX Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida viloyat hududida yer sotish bilan bog‘liq korrupsion holatlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Samarqand shahrida yashovchi “V.D.” Samarqand tumanidagi o‘ziga qarashli agrofirma hududidan vaqtinchalik 5 yil muddatga boshqa maqsadlarda foydalanmaslik sharti bilan issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan 90 sotix suvli yer maydonini hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni fuqarolardan biriga va’da qilgan.
Buning evaziga 42 ming AQSh dollari olishga kelishib, ushbu mablag‘ning 20 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan hamda tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Hozirda fuqaro “V.D.”ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilgan.