Samarqandda fuqaro ov qurolini o‘z ixtiyori bilan IIBga topshirdi
- 03.02.2020 14:34
- 187
- Samarqand
Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi Bulung‘ur tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan mahallalarda profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu targ‘ibotlar natijasida Bulung‘ur tumani Yangiariq mahallasi, To‘qson qishlog‘ida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan X.O‘. tuman ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi. Uning arizasida 2020 yilning 31 yanvar kuni soat 17:00 larda yashash uyining eski og‘ilxonasini buzayotgan vaqtida matoga o‘ralgan 16 kalibrli ov qurolining 4 dona bo‘sh patron gilzalarini topib olganligini ma’lum qilib, mazkur patron gilzalarini o‘z xohishiga ko‘ra, topshirishini ma’lum qilgan.
IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.