Samarqandda FVV tizimi xodimlari ishtirokida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Uzoq yillar favqulodda vaziyatlar sohasida samarali mehnat qilgan iste’fodagi polkovnik Qobiljon Ergashev, iste’fodagi podpolkovnik Ismoiljon Amonilloyev, Samarqand harbiy prokurori Odiljon O‘sarov va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan faxriylar kasb mashaqqati, bosib o‘tgan yo‘li hamda uzoq yillar davomida orttirgan tajribasi bilan o‘rtoqlashib, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligini ta’kidladi.
– Bu kabi tadbirlar tizimda xizmat samaradorligini oshirish, o‘zaro sog‘lom raqobat ruhini shakllantirishda qo‘l keladi, - deydi iste’fodagi polkovnik Qobiljon ota Ergashev. - Hozir yaratilgan sharoitlar, zamonaviy texnika va vositalar favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda bataraf etish uchun juda qulay.
Tadbir davomida ishtirokchilar boshqarmada yaratilgan sharoitlar va zamonaviy yong‘in-qutqaruv texnikalari bilan tanishdi va harbiy xizmatchilarga navbatagi harbiy unvonlar topshirildi.
Ilhom Boqiyev.