Samarqandda giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2020 yilning 4 fevral kuni taxminan soat 15:33 larda Samarqand shahar, Rudakiy ko‘chasida joylashgan dorixonaning egasi, 19 yoshli O‘.B. vazni 0,8 gramm bo‘lgan 10 ta konvalyutadagi jami 100 dona “Kodeks” nomli dori-vositasini 150.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan ushlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va O‘.B.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e’lon qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
2020 yilning 5 fevral kuni soat 19:00 larda Samarqand shahar, 8-mart ko‘chasida joylashgan dorixonaning egasi, 21 yoshli B.O‘. vazni 0,4 gramm bo‘lgan 50 dona “Kodeks” nomli dori-vositasini 75.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan ushlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va B.O‘.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e’lon qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.