Samarqandda har bir oilani tadbirkor qilish uchun 140 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratiladi

Majlisda viloyat, tuman va shahar hokimlari, barcha sektorlar rahbarlari, respublika tijorat banklari raislari va o‘rinbosarlari, viloyat, shahar va tumanlardagi mutasaddi idora va tashkilotlar boshliqlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.Nurmuratov, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov dasturni amalga oshirishda mahalliy hokimliklar, sektorlar rahbarlari va banklar oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Dastur asosida Samarqand viloyatiga 140 milliard so‘mlik imtiyozli, ya’ni 7 foizli kredit mablag‘lari ajratilishi belgilangan. Kredit ajratishda ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berish, soxta ma’lumotlar va son ortidan quvish o‘rniga ish sifatida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Kreditni undan foydalana oladigan, bunga ehtiyoji bor oilalarga berish, imkon qadar ko‘proq kishilar bandligini ta’minlash va oila farovonligini oshirishga yo‘naltirish zarurligi qayd etildi.