Samarqandda “INFOLIB UZBEKISTAN-2022” XI milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini boshladi

Bugun Samarqand viloyat  axborot-kutubxona markazida o‘z ishini boshlagan haftalik 31 oktyabrdan  4 noyabrga qadar davom etadi.

Uning doirasida axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari va foydalanuvchilar uchun turli mavzudagi seminar-treninglar, davra suhbatlari, ijodiy kechalar, kitob taqdimotlari, ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlov va mahorat darslari o‘tkazilishi belgilangan.

Haftalikning tantanali ochilish marosimida "Zarafshon" va "Samarkandskiy vestnik" gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri, Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshev, Ommaviy axborot kommunikatsiyalar agentligi hududiy boshqarma boshlig‘i  Mannob Idodullayev ishtirok etib, haftalik ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, tadbirni ZOOM dasturi orqali Toshkent shahri va viloyatlardagi axborot-kutubxona markazlari xodimlari, shoir va yozuvchilar, kitobxondar kuzatib turdi.