Samarqandda koronavirus holati: 20 kishi infeksiya yuqtirdi, 25 bemor tuzaldi

🔺 Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 2021 yil 17 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97 068 (+175) nafarni tashkil etmoqda.

🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 6 nafari Andijon viloyatida,
📌 6 nafari Buxoro viloyatida,
📌 14 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 3 nafari Navoiy viloyatida,
📌 5 nafari Namangan viloyatida,
📌 20 nafari Samarqand viloyatida,
📌 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 2 nafari Xorazm viloyatida,
📌 10 nafari Toshkent viloyatida,
📌 107 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️ Kecha kun davomida:
🔹 Buxoro viloyatida 7 nafar,
🔹 Jizzax viloyatida 1 nafar,
🔹 Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
🔹 Navoiy viloyatida 4 nafar,
🔹 Samarqand viloyatida 25 nafar,
🔹 Sirdaryo viloyatida 14 nafar,
🔹 Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
🔹 Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
🔹 Xorazm viloyatida 7 nafar,
🔹 Toshkent viloyatida 54 nafar,
🔹 Toshkent shahrida 149 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 92 582 (+279) nafarga yetdi.

⚫️ Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 672 nafarni tashkil qildi.

❗️ Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 814 nafar bemor davolanmoqda.