Samarqandda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar yana ko‘paydi

2020 yil 18 aprel soat 18:30 holatida viloyatimizda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni yana 6 nafarga oshib, jami 14 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.

Hozirda bemorlarning umumiy ahvoli yaxshi. Shifokorlar va mutaxassislar tomonidan nazorat ostida bo‘lgan barcha bemorlar belgilangan standartlar bo‘yicha davolanmoqda.

Bugungi kunda viloyatda 4065 nafar fuqarol karantin nazorati ostiga olingan. Jumladan, 647 kishi statsionar sharoitidagi tibbiy kuzatuv ostida. Mutasaddilar tomonidan viloyatda epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.