Samarqandda koronavirusga chalinish holati biroz pasaydi, 129 bemor tuzaldi

🔺2021 yil 10 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 95 072 (+313) nafarni tashkil etmoqda.

🔴 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 8 nafari Andijon viloyatida,
📌 8 nafari Buxoro viloyatida,
📌 11 nafari Jizzax viloyatida,
📌 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 8 nafari Namangan viloyatida,
📌 29 nafari Samarqand viloyatida,
📌 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 14 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 4 nafari Xorazm viloyatida,
📌 29 nafari Toshkent viloyatida,
📌 187 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

☑️ Kecha kun davomida Samarqand viloyatida 129 nafar bemor tuzaldi. Respublika bщyicha kasallikdan sog‘ayganlar jami 90 664 (+372) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.

⚫️ Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 664 nafarni tashkil qildi.

❗️Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar (https://t.me/ssvuz/5935) berishicha, ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 744 nafar bemor davolanmoqda.