Samarqandda koronavirusga chalinish holati pasaydi

2021 yil 19 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 168938 (+501) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌16 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌7 nafari Andijon viloyatida,
📌4 nafari Buxoro viloyatida,
📌12 nafari Jizzax viloyatida,
📌18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌4 nafari Navoiy viloyatida,
📌10 nafari Namangan viloyatida,
📌39 nafari Samarqand viloyatida,
📌15 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌22 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌39 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌10 nafari Xorazm viloyatida,
📌85 nafari Toshkent viloyatida,
📌220 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida Samarqand viloyatida 40 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘yicha kasallikdan sog‘ayganlar jami 162684 (+629) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1192 nafarni tashkil qildi.