Samarqandda koronavirusga chalinish holatlari ko‘paymoqda: bir kunda 84 kishi virusni yuqtirib olgan
🔺 2021 yil 4 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 92 724 (+404) nafarni tashkil etmoqda.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 6 nafari Andijon viloyatida,
📌 1 nafari Buxoro viloyatida,
📌 6 nafari Jizzax viloyatida,
📌 2 nafari Navoiy viloyatida,
📌 5 nafari Namangan viloyatida,
📌 84 nafari Samarqand viloyatida,
📌 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 10 nafari Xorazm viloyatida,
📌 73 nafari Toshkent viloyatida,
📌 208 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha respublikamiz bo‘yicha 277 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 88 535 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 534 nafar bemor davolanmoqda.