Samarqandda mobil aloqa bo‘lmagan qishloqlar bor. Ulardan 6 tasida baza stansiyalari xizmat ko‘rsatishni boshladi

Respublikamizda faoliyat yurituvchi mobil aloqa operatorlari tomonidan viloyatimizda joriy yilning 6 oyi mobaynida mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, mobil aloqa operatorlari tomonidan 95 ta yangi, jumladan, 53 ta 2G, 33 ta 3G va 9 ta 4G baza tayanch stansiyalari ishga tushirilgan.

Shuningdek, 187 ta mavjud mobil aloqa baza tayanch stansiyalari yangi texnologiyalarga (11 ta 2G, 74 ta 3G va 102 ta 4G) modernizatsiya qilingan.

Viloyatning mobil aloqa qamrovi mavjud bo‘lmagan Nurobod tumanidagi Ag‘ron, Toshquduq, O‘rtabo‘z, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Yonboshsoy, Jizmonsoy va Payariq tumanidagi Bodomchali aholi maskanlari mobil aloqa xizmatlari bilan qamrab olindi.

Mobil aloqa operatorlari tomonidan aholiga sifatli mobil aloqa va internet xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida baza tayanch stansiyalarini o‘rnatish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.