O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 25 millionga yaqinlashdi - 2,3 millionta abonent Samarqandda

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 24 million 824,3 mingtani tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 6,9 foizga yoki 1 million 598,1 mingtaga o‘sgan.

Shu jumladan, aholida 23 million 363,0 mingta abonentni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 foizga yoki 852,2 ming abonent soniga oshgan.

Mobil aloqa tizimiga ulangan eng ko‘p abonentlarga ega bo‘lgan hududlar:
Toshkent shahri – 4,8 million abonent
Farg‘ona viloyati – 2,8 million abonent
Samarqand viloyati – 2,3 million abonent
Andijon viloyati – 2,1 million abonent