Samarqandda og‘ufurush qo‘lga olindi
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand tumani, "Yangiariq-1" mahallasi hududida maxsus tekshiruv tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida Samarqand shahar, O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, 1972 yilda tug‘ilgan M.G. ismli shaxs Sh.Sh. ismli shaxsga 2.500.000 so‘m pul evaziga og‘irligi 169,41 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan M.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyat IIB axborot xizmati.