Samarqandda o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida 37 nafar abituriyent o‘ringa o‘rin kirishga uringan

2023-2024 o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan mahalliy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyat bo‘limi tomonidan kecha bir smenada o‘tkazildi.

Viloyat bo‘yicha test topshirishi belgilangan jami 2898 nafar abituriyentdan 2603 nafari test sinovida ishtirok etdi, 295 nafari turli sabablarga ko‘ra qatnashmadi.

Imtihonga kirishda 37 nafar abituriyent o‘ringa-o‘rin kirishga uringani, 2 nafari taqiqlangan vositalarni olib kirishga uringani ma’lum qilindi. Shuningdek, test jarayonida 19 nafar abituriyent ta’qiqlangan vositalarni olib kirganligi uchun sinovlardan chetlashtirilgan.