Samarqandda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 236 nafar bolaga jamg‘arma ochildi
Viloyat prokurori M.Eshnazarov rahbarligida tuman (shahar)larda hududiy prokurorlar boshchiligida ishchi guruhlari tuzilib, joylarda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida o‘rganishlar olib borilyapti.
O‘rganish va tahlil natijalariga ko‘ra, viloyat prokuraturasi organlari ishchi guruhlarining amaliy ko‘magi bilan oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 236 nafar bolaning muammolarini hal etish uchun 1 mlrd 975 mln so‘m mablag‘lar ajratilgan.
Shuningdek, viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bankda 32 nafar bolaning har biriga jamg‘arma ochtirilib, prokuratura depozit hisob raqamidan 10 mln so‘mdan jami 320 mln so‘m mablag‘ ajratib berilgan.
Ahamiyatlisi, 32 nafar bola barcha sharoit va qulayliklarga ega uy-joylar bilan ta’minlangan.
Ushbu uy-joylar Urgut va Ishtixon tumanlari hamda Samarqand shahrida viloyat prokuraturasi va sektorlar rahbarlari ishtirokida o‘z egalariga topshirildi.