Samarqandda o‘tkazilayotgan “Chellenjer” musobaqasining juftlik bahsi yakuniga yetdi
Bugun Samarqand shahridagi “Dinamo” tennis kortida professional tennischilar uyushmasi (ATR) musobaqalari taqvimidan joy olgan xalqaro “Chellenjer” turnirining juftlik bahslari finali bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning juftlik bahsida 3-6, 6-3, 10-4 ochko bilan portugaliyalik Gansalo Oliviyera hamda belaruslik Andrey Vasilevskiy g‘olib bo‘ldi va 3100 AQSh dollariga ega chiqdi.
O‘zbekistonlik Sergey Fomen va rossiyalik Taymuraz Gabashvili juftligi esa 1800 AQSh dollarini olib uyiga qaytdi.
Ertaga 19 may kuni yakkalik bahsi uchun final bo‘lib o‘tadi.