Samarqandda O‘zLiDeP ishchi guruhi 24 ming 767 nafar fuqarolarga zarur ko‘chat va urug‘lik olishda amaliy yordamlar ko‘rsatdi
Keyingi yillarda aholining tomorqadan samarali foydalanishini tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinayotganligi aholi daromadlarini yanada oshishiga katta xizmat qilyapti.
Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini hamda aholi daromadlarini yanada oshirishga qaratilgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Joylarda tashkil etilgan targ‘ibot va monitoring guruhlari tomonidan 18 martdan 20 aprelga qadar bo‘lgan davrda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida viloyat bo‘yicha jami 13 ming 670 ta xonadonlarga kirilib, xonadon egalari tomonidan o‘zlariga tegishli yer uchastkasidan foydalanish holatlari yuzasidan monitoring olib borishdi. O‘tkazilgan monitoring natijasida viloyat bo‘yicha jami 44,4 gektar yer uchastkalari maydonlari foydalanilmayotganligi, yer maydonlariga mevali ko‘chatlar ekish, hatto kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilmaganligi aniqlandi.
Olib borilgan o‘rganishlar va tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 83 nafar fuqaro kredit olishda, 208 nafari sug‘orish ishlarida, 2960 nafar xonadon egalari yerga ishlov berish, 994 nafari esa zarur ko‘chat va urug‘lik olish masalasida yordam so‘ragan. O‘rganishlar davomida partiyaning targ‘ibot va monitoring guruhlari tomonidan viloyat bo‘yicha 58 nafar fuqarolarga kredit olishda, 144 nafar fuqarolarga sug‘orish ishlarida, 2384 nafar xonadon egalariga yerga ishlov berishda, 994 nafar fuqarolarga 24 ming 767 ta zarur ko‘chat va urug‘lik olishda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Qodir Shoyimov,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri.