Samarqandda Prezident akademiyasining hududiy filiali tashkil etildi
zamonaviy sharoitlarda boshqaruv kadrlarining kasbiy bilim va saviyasiga qo‘yilayotgan talablarni hisobga olgan holda joylarda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning malakasini oshirish;
malaka oshirish kurslari tinglovchilarida mahalliy boshqaruv va hududiy rivojlanish sohasidagi chuqur va amaliyotga yo‘naltirilgan, shuningdek, strategik rejalashtirish, gorizontal va vertikal munosabatlar tizimiga oid bilimlarni, davlat va hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni sifatli ijro etish ko‘nikmalarini shakllantirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, shuningdek, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va mas’ul xodimlari uchun vazirlik, idora hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlarini jalb etgan holda doimiy asosda o‘quv-amaliy seminarlarni tashkil etish;
o‘quv-amaliy seminarlar doirasida tinglovchilarda faoliyatni rejalashtirish va ish rejalari ("yo‘l xaritalari")ni sifatli bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish;
malaka oshirish kurslari va o‘quv-amaliy seminarlar jarayonida aniqlangan muammolar bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash.
Hududiy filiallarga akademiya rektori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan, shuningdek, maqomi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari bo‘yicha akademiyaning fakultet dekaniga tenglashtiriladigan direktor rahbarlik qiladi. 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab malaka oshirish kurslariga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqining miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizdan ikki yarim baravargacha oshirilgan holda berilishi mumkin.
Qarorda hududiy filiallarda boshqaruv kadrlari, shu jumladan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida davomiyligi bir oydan oshmagan qisqa muddatli dasturlar bo‘yicha malaka oshirilishi, malaka oshirish kurslariga faqat mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari hamda boshqa davlat tashkilotlarining boshqaruv kadrlari va mas’ul xodimlari davlat granti asosida qabul qilinishi, hududiy filiallar faoliyatini uslubiy ta’minlash hamda malaka oshirish kurslari va o‘quv-amaliy seminarlar uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqish akademiya tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi, malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli o‘tgan boshqaruv kadrlariga belgilangan namunadagi sertifikatlar berilishi tartibi o‘rnatildi.
Akademiyaning Samarqand filiali Samarqand davlat universiteti bosh binosida faoliyat boshladi. 2018 yil sentyabr oyidan boshlab bu yerda Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyalari shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining shahar va tuman bo‘linmalari rahbarlari malaka oshiradilar.
Malaka oshirish kursi olti kun davom etib, 72 soatlik vebinar, suhbat, trening mashg‘ulotlaridan iborat. Shuningdek, tinglovchilarga mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar beriladi va ularni bajarish yakunida taqdimot, muayyan keys yechimi va yoki chora-tadbirlar rejasi va "yo‘l xaritasi" loyihasi ishlab chiqiladi.
Vebinar mashg‘ulotlari akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan on-layn tarzda olib boriladi. Suhbat va treninglar esa mini-ma’ruza va mavzu bo‘yicha muhokama shaklida, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, keys-stadi va dialog shakllarida tashkil etiladi.
Malaka oshirish kursi tinglovchilarining o‘zlashtirishi akademiya ta’lim portali orqali on-layn monitoring qilinadi. Tizimli ravishda topshiriqlar berish va testlar yechish bilan ularning bilimi baholanadi.
Dilmurod NASIMOV,
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Davlat
boshqaruvi akademiyasining
Samarqand hududiy filiali
direktori.