Samarqandda Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 8 ta okrug tuzish taklif etildi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining sessiyasida viloyatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha 8 ta bir mandatli saylov okrugini tuzish to‘g‘risida Markaziy saylov komissiyasiga taqdimnoma kiritishga qaror qilindi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27 oktyabr kuni o‘tkaziladigan o‘tkaziladigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkaziladi.
Ya’ni, Qonunchilik palatasining deputatlarining yetmish besh nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha, yetmish besh nafari yagona saylov okrugi bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarga mutanosib ravishda partiya ro‘yxati asosida saylanadi.