Samarqandda soxta PSR testi sotuvchisi qo‘lga olindi
Viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2 noyabr kuni fuqarolardan biri boshqarma rahbariga ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahar Amir Temur ko‘chasidagi aviakassada ishlovchi xodim fuqarolardan hech qanday tahlil namunasi (analiz) olmasdan koronavirusga PSR test ma’lumotnomasi tayyorlab berayotganini xabar qilgan.
Shu kunning o‘zida boshqarma jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir uyushtirildi. Tadbirga jalb etilgan fuqarolardan biriga Amir Temur ko‘chasida joylashgan aviakassa xodimi 150 ming so‘m evaziga tahlil namunasi olmasdan ma’lumotnoma tayyorlab bergan vaqtda ushlangan.
“PSR sotuvchisi” haqiqatan ham Samarqand shahrida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan, aviakassa xodimi ekani oydinlashgan.
Hozirgi vaqtda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.