Samarqandda “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi yakunlandi

Musobaqaning final bosqichi uchun mas’ul oliy ta’lim muassasasi sifatida O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika instituti belgilandi.

Mazkur institutda shaxmat bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 60 nafar talaba ishtirok etdi. Badminton bo‘yicha musobaqalar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkil etilib, 120 nafar talaba g‘oliblik uchun bellashdi. Shu bilan birga, Samarqand davlat universitetining sport zalida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqalarida ham 120 nafar talaba ishtirok etdi.

O‘zbekiston–Finlandiya pedagogika institutida musobaqalarning yakuniy natijalari e’lon qilindi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Taqdirlash marosimida institut rektori Shahzoda Negmatova so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni musobaqadagi faol ishtiroki bilan tabrikladi.

Musobaqa natijalari:
Shaxmat (qizlar o‘rtasida):

1-o‘rin — M.Bobomurodov (Toshkent viloyati)
2-o‘rin — O.Shahzodova (Samarqand viloyati)
3-o‘rin — S.Safarova (Toshkent shahar)
Shaxmat (o‘g‘il bolalar o‘rtasida):
1-o‘rin — D.Sharipov (Toshkent viloyati)
2-o‘rin — Sh.Tojiboyev (Toshkent shahri)
3-o‘rin — I.Raimjonov (Namangan viloyati)
Badminton:
1-o‘rin — Toshkent viloyati
2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3-o‘rin — Andijon viloyati
Stol tennisi:
1-o‘rin — Toshkent viloyati
2-o‘rin — Xorazm viloyati
3-o‘rin — Farg‘ona viloyati

Musobaqalarda ishtirok etgan barcha talabalar, g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.