Samarqandda tankchilar bataloni harbiy xizmatchilari tomonidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

Markaziy harbiy okrugga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan mustaqilligimizning yigirma sakkiz yilligi oldidan shahar markazlarida hamda mahallalarda bayram va xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, tankchilar bataloni komandiri o‘rinbosari kapitan Zuhriddin Toirov boshchiligidagi targ‘ibot guruhi a’zolari Samarqand shahri Uzoq Lager dahasidagi «Hazora» mahallasida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi Umida Jo‘rayevani xolidan xabar oldi. 

Ushbu xonadonda harbiy orkestr tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, moddiy yordam ko‘rsatildi. Afg‘on urushi qatnashchisi Obid Akramovni ham tashrifdan ko‘ngli tog‘day ko‘tarildi.

Samarqand garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri tomonidan mahallada bayram konserti tashkil etildi.