Samarqandda “Temiryo‘l vokzali — Siyob bozori” tramvay yo‘nalishi vaqtincha to‘xtatildi

Samarqand shahridagi Gagarin va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida tonnel qurish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan Rudakiy ko‘chasining qurilish bo‘layotgan qismida transport vositalarining harakati bosqichma-bosqich cheklanadi.
Shu munosabat bilan 2-sonli “Temiryo‘l vokzali — Siyob bozori” tramvay yo‘nalishi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Samarqand shahar axborot xizmati ma’lum qildi.
Tramvay harakati tiklangunga qadar fuqarolarga parallel yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslardan foydalanish tavsiya etiladi.
Qurilish ishlari yakunlanganidan so‘ng, tramvay qatnovi qayta tiklanishi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.