Samarqandda tezyurar avtomobil yo‘li quriladi
Kattaqo‘rg‘on shahridagi 37 ta ko‘p qavatli uyni ta’mirlash uchun Prezidentimizning 2017 yil 24 apreldagi “2017-2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ajratilgan mablag‘larning tejalgan qismidan va respublika byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 6,4 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
Viloyatdagi moliyaviy holati qoniqarsiz bo‘lgan uy-joy mulkdorlari shirkatlariga berilgan kreditlar muddati 3 yilgacha uzaytiriladi.
Samarqand viloyatidagi ko‘p qavatli uy-joylarga sifatli xizmat ko‘rsatish, ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash uchun “Boshqaruv servis” tashkilotini tashkil etish va moddiy-texnik bazasini yaratish uchun 5 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
2021-2022 yilgi investitsiya dasturiga asosan Qorasuv massividan M-37A “Samarqand halqa yo‘li” avtomobil yo‘liga olib boruvchi 6,8 kilometr tezyurar avtomobil yo‘li hamda unga parallel bo‘lgan 6,3 kilometr uzunlikdagi mahalliy yangi avtomobil yo‘li quriladi.