Samarqandda tibbiyot turizmi rivojlantiriladi

Bugun, 11 noyabr kuni Samarqand shahrida Janubiy Koreya bilan tibbiy turizm sohasida hamkorlik qilish istiqbollari kelishuvi bo‘yicha onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Samarqand shahridagi sayyohlik firmalari rahbarlari, Chxonju shahridan turizm bo‘limi boshlig‘i Kim Yonsung, turizm marketingi va turizm bo‘limi rahbari Ji Xunja, turizm masalalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Kim Degon va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari Z.Abdullayev so‘zga chiqib, tibbiyot turizmining ahamiyati hamda Samarqand va Chxonju o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritdi.

Konferensiya davomida Chxonju shahrining tibbiy turizm imkoniyatlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, kelgusida turizm sohasida xalqaro hamkorlik kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.