Fotoreportaj: Samarqandda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab Mustaqilligimizning 28 yilligiga bag‘ishlangan umumxalq xayriya hashari boshlandi.

Umumxalq xayriya hashari Samarqand viloyatida ham qizg‘in bo‘lib o‘tmoqda. Hashar joylardagi barcha tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, shuningdek, fuqarolar yig‘inlari hududida uyushqoqlik bilan tashkil etilib, unda yurtdoshlarimiz faol qatnashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 avgustdagi farmoyishiga binoan joriy yilning avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 17-18 avgust umumxalq xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilingan edi.