Samarqandda uy-joy olish uchun subsidiya ajratib berishni va’da qilganlar ushlangan

Fuqarolar D.V. va N.H. 10 kishiga Qorasuv massivida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardan olish uchun subsidiya ajratib berish evaziga 47 200 dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh etilgan.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.