Samarqandda vatanparvarlik oyligi boshlandi
Viloyatimizda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda vatanparvarlik oyligiga start berildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari Qahramon Achilov hamda viloyatdagi tegishli tashkilot va boshqarmalar mas’ullari hamda yoshlar ishtirok etdi.
“Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostidagi o‘tkaziladigan vatanparvarlik oyligini viloyatning barcha hududlarida yuqori saviyada o‘tkazish, unda faol ishtirok etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.