Samarqandda Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumi

Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida XVI Verona Yevrosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forum Italiyaning “Yevroosiyoni anglaymiz” notijorat uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari J.Xodjayev va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari A.Overchuk ikki davlat Prezidentlarining forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik so‘zlarini o‘qib eshittirdi.

Mutaxassislar O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishdagi o‘rni, Savdo-investitsiya va texnologik hamkorlikning yangi mexanizmlari, zamonaviy sharoitda xoshashyo va energiya bozorini rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida chiqish qildi. Shuningdek, logistika va transport yo‘nalishlarini qayta qurish, moliyaviy va bank xizmatlari bozorlari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va jahon oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ekologik qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari, Yevroosiyo uchun muammo va imkoniyatlar, katta Yevroosiyo makonida sanoat va texnologik hamkorlik istiqbollari borasida ma’ruzalar qildi. Mamlakatimiz vakillari ham energetika bozorini rivojlantirish, xalqaro bozorlarga chiqishda yangi yo‘nalishlar ochish, eksport va logistika tarmog‘ini kengaytirish, transport va temiryo‘llarni manfaatli tashkil etish borasida fikrlarini bildirdi.

-  Yaqinda Xitoy bilan Qozog‘iston davlatlari o‘rtasida ishlab kelayotgan yo‘lakka muqobil ravishda yangi yo‘lak ochildi, - deydi O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev. - Keyingi ikki yilda bu yo‘lak orqali avtotransportda yuk tashish boshlanib, bir yilda avvalgiga qaraganda yuk tashish hajmi 10 barobarga oshdi. Biz uchun ikkinchi dolzarb yo‘lak, bu – transafg‘on yo‘lagi hisoblanadi. Bir necha kun oldin Toshkentda  Pokiston, Afg‘oniston, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlarining transport vazirlari uchrashuvida Pokiston va Afg‘oniston vakillari ham bu yo‘lakni imkon qadar tezroq ishga tushirish taklifini bildirishdi. Bu yo‘lak Janubiy va O‘rta Osiyo bog‘laydigan asosiy va foydali bo‘lishini ta’kidlashdi. Bu borada bir qancha ishlar amalga oshirildi, qayerlarda yer osti, yer usti ko‘priklari qurish kerakligi o‘rganildi. Hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, bu loyihaning qiymati 7 milliard dollarga baholangan. Loyiha 2024 yilda boshlanganda ham 5 yil vaqt kerak bo‘ladi. Lekin bu vaqtgacha qarab turmasdan shu yo‘nalishda yuk tashish boshlandi va 9 oyda 670 ming tonna yuk tashildi. Yil yakunigacha esa yuk tashish hajmi 1 million tonnaga yetishi kutilmoqda. Yaqin yillarda temiryo‘l va unga muqobil ravishda avtomobil yo‘llari qurilgandan so‘ng, ya’ni  2030-2035 yillarga kelib ushbu yo‘lakning salohiyati 20-30 million tonna yukni tashkil qiladi. Bu yo‘lakning ahamiyati yuqoriligi uchun Pokiston va Afg‘oniston bilan birgalikda Qatar davlati bilan ham muzokaralar o‘tkazdik, ular ham ushbu loyihaga sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Qolaversa, Rossiya va Qozog‘istonda ham qiziqish ortib bormoqda.

Italiyalik, umuman, Yevropa mamlakatlari o‘rta yo‘lak, transkaspiyga ko‘proq urg‘u berishyapti. O‘tgan hafta Bryusselda o‘tkazilgan uchrashuvda ham hamkorlarimiz shu mavzuni ko‘tarib, Gruziyadan Bolgariyaga yoki Ruminiyaga chiqish yo‘laklarini ochish, dengiz ostidan optik tolali tarmoq o‘tkazish loyihalarini aytishdi. Lekin, Kaspiy dengizining suv sathi keyingi 20 yilda 9 metrga pasaydi. Bu esa loyihani amalga oshirishni murakkablashtiradi, qo‘shimcha mablag‘ talab etadi. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, hozirda transkaspiyni saqlab qolish, kelajakda qo‘shimcha salohiyat yaratish uchun 18 milliard dollar mablag‘ zarur.

Italiyaga, asosan, avtomobil va havo yo‘llari orqali tashuvlar amalga oshiriladi. Keyingi yillarda bizdan tashiluvchi yuk hajmlari ko‘paymoqda, avtotransport vositalari keyingi ikki yilda 2 barobar, ya’ni 10 mingtadan 20 mingtaga yetdi. Shu bois, bugungi forumga tashuvchilar uchun qo‘shimcha kvota ajratish masalasini ham kiritdik.

- Shartnoma imzolandi, Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish allaqachon boshlandi, - deydi siyosiy fanlar doktori Konstantin Simonov. - Bu energetika sohasida yanada yaqinroq munosabatlarga olib keladigan birinchi qadam. Ishonchim komilki, bu har ikki tomon uchun juda ko‘p qiziqarli va foydali taraqqiyot sari yo‘l bo‘ladi. Kelajakda O‘zbekiston orqali Xitoyga gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.

Hamkorlikda yaqin qo‘shnilarimizga tayanamiz. Bu harakatning bir qismi hamkorlik qiladigan mamlakat uchun ham xizmat qiladi va manfaatli bo‘ladi. Bugungi forumda hamkorlikni kengaytirish, yangi istiqboldagi rejalarni muhokama qilyapmiz. O‘ylaymanki, bu o‘z samarasini beradi.

Umuman olganda, sanoat majmuasi cheklovlariga nisbatan neytral munosabatni ta’kidlashim kerak. Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida agrosanoat majmuasining rivojlanishiga ma’lum darajada to‘sqinlik qiladigan bunday keskin cheklovlarni sezmaymiz. Biroq, shu bilan birga, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridagi biznes bozorga mahsulot yetkazib bermayotgan ayrim kompaniyalar sa’y-harakati bilan bo‘shliqlarni to‘ldirishi e’tiborga molik.

Albatta, komissiyamizning xabari har doim bozorning raqobatbardoshligiga asoslangan bo‘lishi kerak, ya’ni u biznesni vaqtinchalik cheklovlarga asoslamaydi. Xoh u korm ishlab chiqarish, boshqa tovarlar ishlab chiqarish kabi ko‘plab yo‘nalishlar bo‘lsin, xususan, moddiy ta’minot yo‘nalishi bo‘yicha bugungi kunda mamlakatlar ushbu yo‘nalishda faol ish olib borayotgani seziladi. Bundan tashqari, bizning platformamizda sanoat tovarlarini imtiyozli moliyalashtirishga qaror qilindi. Bu Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining uch yoki undan ortiq davlatlaridan uchta yoki undan ortiq xususiy sektor ishtirokchilari o‘rtasida xohish bo‘lsa, bunday imkoniyat yaratiladi, degani. Qo‘shma hamkorlik loyihalarini sinovdan o‘tkazish uchun imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati bo‘ladi.

Forumda Florensiya va Samarqandning keramika ko‘rgazmasi, kulolchilik mahsulotlari namoyish etildi.

O‘ktam XUDOYBERDIYeV, 

Baxtiyor MUSTANOV (foto).

.