Samarqandda Xalqaro ta’lim forumi o‘tkazilishi kutilmoqda

19 oktyabr kuni Samarqanddagi “Silk Road” turistik markazida BMT Butunjahon Turizm Tashkilotining 25-Bosh Assambleyasi (GA25 UNWTO) doirasida xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Xalqaro ta’lim forumi UNWTO Bosh Assambleyasining asosiy tadbirlaridan bir bo‘lib, u dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan turizm sohasida faoliyat yurituvchi 1200 dan ortiq mahalliy va xorijiy mutaxassis hamda ekspertlarni bir joyda to‘playdi. Ular ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalarga doir dolzarb masalalarni muhokama qilishadi.
Forum dasturida turizm va ta’lim sohasidagi yutuq va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi “Ulysses Awards UNWTO” mukofotlash marosimi o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Viloyat turizm boshqarmasi. Xabarga ko‘ra, ishtirok etish uchun shu yilning 20 sentyabrigacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.