Samarqandda xorij tajribasi asosida chiqindilar qayta ishlanadi va muqobil energiya ishlab chiqariladi

Samarqand shahar hokimligi, "Maroqand obod" DUK, Sanitar tozalash markazi Samarqand hududiy filiali hamda Xitoyning "Powerchina Zhongnan Engineering Corporation Ltd" xorijiy biznesni boshqarish departamenti menejeri, janob Chjou Danyun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand shahrida chiqindilarni qayta ishlash va muqobil energiya ishlab chiqarish masalalarida korxona loyihalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, chiqindilarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish borasida xorijiy tajribalardan foydalangan holda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalariga ahamiyat berildi.

Kelgusida ushbu xorijiy departament ishtirokida chiqindilarni qayta ishlash va undan muqobil energiya ishlab chiqarishga kelishib olindi.