Samarqandda yana 29 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi
🔺 2021 yil 18 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97 280 (+212) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 3 nafari Andijon viloyatida,
📌 4 nafari Buxoro viloyatida,
📌 9 nafari Jizzax viloyatida,
📌 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 2 nafari Navoiy viloyatida,
📌 3 nafari Namangan viloyatida,
📌 29 nafari Samarqand viloyatida,
📌 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 37 nafari Toshkent viloyatida,
📌 113 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha respublikamiz bo‘yicha 258 nafar bemor tuzaldi, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
❗️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 766 nafar bemor davolanmoqda.